🎉 Taq-taq, milodiy 2025 yil kirib kelmoqda!
📜 Safar bizdan, zafar Allohdan.
🔮 Tadbir bizdan, taqdir Allohdan.
⏳ Roppa-rosa 2 yil-u 3 oy oldin men Uzinfocom – O‘zbekistondagi eng yirik milliy IT kompaniyaga ishga kirgandim.
To‘g‘risini aytsam, O‘zbekistondagi bunday gigant IT kompaniyaga kirganimni o‘zim ham bilmagan ekanman. 🙌
🌟 Alloh nasib qilsa, hech gap emas ekan!
Artel kompaniyasidan ketganimdan 8 oy o‘tib, Uzinfocomga ishga kirdim.
❓ Savol tug‘ilishi mumkin:
"Shu vaqt davomida ish izlab yurib, keyin ishga kirdimmi?"
Yo‘q, albatta! Men ahmoq emasman. 1200 dollar oylik oladigan joyni tashlab, Artelning asosiy ofisidan (zavodlardagi moliyaviy hisobotlarni nazorat qiladigan joydan) ketdim.
👨💻 Va mahalliy ta’lim markazida bootcamp kursida o‘qishga qaror qildim.
O‘sha payt IT sohasiga qiziqib qolgandim.
Bunga sabab — uning ishimizni qanchalik yengillashtirishi edi.
Misol uchun, zavodda ishlab yurganimda, oylik ko‘rsatadigan bot orqali buning afzalligini tushunib yetgandim.
(Bu haqda albatta keyingi postlarimda yozaman! ✍️)
🚀 Qaror qabul qilish oson bo‘lmadi!
Mening birinchi rasmiy ish joyimdan (yaxshi daromad olib turgan va hamma narsa yaxshi ketayotgan joydan) ketishim, ayniqsa:
- Oila a’zolarim
- Va mendan xabardor bo‘lgan barchaga tushunarsiz tuyuldi.
Noto‘g‘ri qaror sifatida baholandi.
Men ham dastlab o‘qishni boshlaganimdan keyin 4-5 oy o‘tgach, hech qanday natijaga erisha olmaslikdan xavotir ola boshladim.
🎯 Qiyinchiliklar ro‘yxati:
1️⃣ Kursning yaxshi tizimlashmagani (4 marta mentor almashdi).
2️⃣ O‘zbekistonda IT bozorining dasturchilarga to‘yingani.
3️⃣ Mahalliy yoki xalqaro kompaniyalar sonining kamligi.
4️⃣ Shaxsiy muammolar (yosh, moliyaviy qiyinchilik).
5️⃣ Aniq maqsad yo‘qligi: dasturchi bo‘lib, keyin nima qilishimni tushunmasdim.
💡 "Reja ishlamasa, rejani o‘zgartir, maqsadni emas!"
Natijada, o‘z kasbimga qaytib, rezumemni moliyaviy menejer sifatida qayta tuzdim.
Moliyaviy menejer bo‘lib ishlash orqali IT olamiga kirish imkoniyati tug‘ildi.
Shu yo‘lda nima bo‘lsa ham qildim:
- 15 mln so‘mlik yaxshi maoshli ish joyini rad etdim.
- Oxir-oqibat, faqat 5 million so‘m maoshga IT kompaniyasida ishlashga rozi bo‘ldim.
🌟 Allohning irodasi:
Shunday qilib, Uzinfocomda ish boshladim.
Nega aynan Uzinfocomni tanladim? Bu haqda keyingi postimda yozaman.