Qanday qilib kod yozishni bilmasam ham, 500 kishi ishlaydigan zavodda oylik ko‘radigan botni muvaffaqiyatli ishga tushirdim?
🔹 Artel kompaniyasida rasmiy ish boshlaganimda, biz moliyachilar uchun eng muhim vazifalardan biri ishchilarga maosh tarqatish edi.
📍 Ohangaron shahridagi yirik televizor ishlab chiqaruvchi zavodga tashrifimizni eslayman.Bu yerda 500 dan ortiq ishchi faoliyat yuritardi. Har oy moliya menejerlari sifatida biz butun kunni ishchilarga maosh tarqatish, hujjatlarni tekshirish va tushuntirish bilan o‘tkazardik.
📌 Har bir ishchi o‘z maosh tafsilotlarini bilishi kerak edi:
✔️ Qancha ishladi?
✔️ Qancha maosh oldi?
✔️ Nimalar uchun ushlab qolinishlar bo‘ldi?
💡 Jarayon juda uzoq va charchatadigan edi. Ishchilar navbatda turishardi, biz esa kun oxirida charchab qolar edik.
🤔 Yechim kerak edi: avtomatlashtirish!
Bu jarayonni tezlashtirish va soddalashtirish uchun qandaydir tizim kerak edi.Men dasturchi emas edim, shuning uchun avval tajribali dasturchi izladim. Ammo tanish dasturchim Rossiyaga ketib qolgani sababli o‘zim bu jarayon qanday amalga oshishini o‘rganishga qaror qildim.
✅ UzASBO tizimidagi oylik botni o‘rganib chiqdim
✅ Internetdan Telegram bot yaratish bo‘yicha ma’lumot to‘pladim
✅ Google Sheets bilan bog‘lab, avtomatik ravishda ma’lumot yuklash tizimini ishlab chiqdim
🚀 Natija: 500 dan ortiq ishchi uchun Telegram bot ishga tushdi!
Ishchilar Telegram botga so‘rov yuborishadi va bir necha soniya ichida maosh tafsilotlarini olishadi:📅 Месяц: Апрель 👤 Ф.И.О.: Xxxxx Xxxx Xxxx🏭 Завод: Xxxxxx 💼 Должность: Xxxxx 💰 Оклад: 1 500 000
📌 Maosh tafsilotlari: ✅ Всего начислено: 1 515 734 📆 Общее проработанные дни: 26 ⏳ Доп. часы: 3 → 💵 15 734
🚫 Штраф: -- 💳 Аванс на пластик: 500 000 💵 Зарплата на пластик: 1 015 730
🌟 Yangi imkoniyatlar va takliflar
Bot ishga tushgandan keyin bir nechta boshqa zavodlardan ham takliflar tushdi!Ular ham shunday tizimni o‘z korxonalarida joriy qilishni xohlashdi.
💡 Men uchun eng muhim narsa – muammoni yechish ishtiyoqi edi.Ishchilarga yordam berish, ularning kundalik muammolarini yengillashtirish meni har kuni yanada harakat qilishga undadi.
🔍 Xulosa
Ko‘pchilik yangi narsalarni o‘rganishga qo‘rqadi, o‘zini cheklaydi va mavjud muammolarga befarq bo‘lib qaraydi. Lekin aslida muammoni ko‘ra bilish, unga echim topishga intilish har qanday kasbda eng muhim fazilatdir.
🚀 Men dasturchi emas edim, lekin muammoga boshqacha yondashdim.
Shunchaki qiyinchilikdan shikoyat qilish yoki mavjud holatga ko‘nikish o‘rniga, o‘zim yechim topishga harakat qildim.
💡 Texnologiyalar, avtomatlashtirish va yangiliklardan cho‘chimaslik kerak. Birinchi urinish mukammal bo‘lmasligi mumkin, lekin har qanday harakat oxir-oqibat manfaat keltiradi!
👉 Muhimi – harakat qilish, o‘rganish va amalda sinab ko‘rish!
Bugun men IT-loyihalar ustida ishlayapman, lekin hammasi oddiy muammoni hal qilish istagidan boshlangan. Agar siz ham qandaydir muammoni sezsangiz – harakat qiling, yangiliklardan qo‘rqmang!
🚀 Dasturchi bo‘lish uchun ilm suv va havodek zarur, lekin muammoni ko‘ra bilish va uni yechishga intilish undan ham muhimroq!