IT kursdan ketish
Hali ham esimda, avgust oyida o‘qishni tugatgasdan turib, dasturchi sifatida ish izlay boshladim. Sentabr oyiga qadar atigi ikkita taklif oldim: biri Ipoteka Bankdan, ikkinchisi esa LeverX Kompaniyasidan. Qiziq tomoni shundaki, har ikki taklif ham dasturchilik sohasiga emas, boshqa yo‘nalishlarga edi. Bankda – biznes analitik, LeverXda – SAP developer intern.
Dastlab biznes analitikni moliyachi deb o‘yladim, lekin aslida bu butunlay boshqa soha ekan. Ipoteka Bank suhbatida ular meni dasturchi emas, balki biznes analitik sifatida chaqirganlarini tushunib yetdim. Bu yo‘nalish meni qiziqtirmadi, shu sabab birinchi taklif bekor bo‘ldi. LeverX esa kamida 6 oy tekinga ishlashni va keyin eng yaxshilarni tanlashlarini taklif qildi. Bu esa mening moliyaviy holatimga mos kelas edi.
Shundan keyin o‘zimning eski soham – moliya sohasidan ish izlay boshladim. Bu vaqt ichida oila a’zolarimning moliyaviy va ruhan ko‘magi juda muhim ro’l o’ynadi. Ota-onam, juft xalolimga va ukalarimga alohida rahmat aytaman. Ularning ko‘magi tufayli qiyinchiliklarni yengib o‘tdim.
O‘sha paytda hayot meni yana bir marta sinadi. Bir necha oy oldin katta holdingda zavodlar bo‘yicha sarmoyalarga masul shaxs sifatida faoliyat olib borib turgan joydan ketib, 8 oy IT sohasida o’qib, hech qanday joydan ish topa olmaslik, mani o’zimga bolgan ishonchimni tushira boshladi. Farzandli bo‘lishimga 3-4 oy qolganda na tayinli ishim bore edi, na oilamga moliyaviy tomondan yordam bera olar edim natijada bir necha marotaba "Shu yo‘lni tanlab xato qildimmi?" degan savollar o’y hayolimni qurshab oldi.
Otamning "Bekor moliya sohasidan ketding," degan gaplari meni biroz o‘ksitgan bo‘lsa, aksincha, onamning "O‘zingga yoqqan sohada ishlagin," deb qo‘llab-quvvatlashlari meni ruhlantirib turar edi.
Shunday bo‘lsa-da, ich-ichimdagi "Odamlar nima deydi?" degan xavotirlar ham o‘zimga bo‘lgan ishonchimni pasaytirib yuborar edi. JIDU ni tugatgach, 3 yil o‘tib o’z kasbimni o’zgartirib hech qayerdan ish topa olmasligim aksincha kursdoshlarimning turli lavozimlarda yuqori marralarga yetganini o’ylash odamni o’ylantirib qo’yar ekan. Shu sababli ham bir yil davomida kursdoshlar davrasidan chetda yurdim.
Ammo bugun o’tmishga nazar solsam, o‘sha vaqtlar hayotimdagi eng muhim saboqlarni bergan ekan. Har bir sinov bizni yanada kuchliroq qiladi.
"Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik ham bordir."
(Sharh surasi, 6-oyat)