Gudvil nima, bilasanmi, Otabek? 🤔
26-sentyabr, 2022-yil. O‘sha kun hayotimda yangi sahifa ochildi. Moliyachi sifatida Uzinfocomda ish boshladim. Ishning birinchi kunidanoq meni iliq kutib olishdi. HR xodimlaridan keyin meni birinchi bo‘lib direktor o‘rinbosari bilan tanishtirishdi. Qiziq, meni u kishiga “iqtisodchi dasturchi” deb tanishtirishdi.
Birinchi kundan sezganim: davlat ulushi bor tashkilotda hammasi boshqacha ekan. Menga kompyuterni o‘sha kunning o‘zida bermadi, 2-3 kun kutishga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, vaqtimni kompaniyaga tegishli hujjatlarni ko‘rishga bag‘ishladim. 📄
Lekin eng qiziq hodisalar keyin boshlandi! 👇
Oktyabr oyidan bizning bo‘limga yangi rahbar – Kamron aka keladigan bo‘ldi. 🕴️ HR xodimlaridan bu haqda eshitganimda, darrov qiziqib so‘radim: Kim ekan bizni boshliq? Ma’lum bo‘lishicha, u Artelda SAP bo‘limida ishlagan va… bu ism menga yaxshi xotiralarni eslatmas edi. 😬
Kamron aka bilan eski ishxonamda oldin bir necha bor tortishgan edik. U kishi tizimlar bo‘yicha yetarlicha bilimga ega emas edi, lekin hamma narsani “men qildim” deb da’vo qilishga usta edi. U paytda hatto kursdoshlarim ham mendan “Ehtiyot bo‘l!” deb maslahat berishgan edi. Endi esa, taqdirning hazilini qarang, u menga rahbar bo‘lish uchun kelmoqda!
Dastlab bu vaziyatga qattiq ta’sirlandim. Jahlim chiqib, HR bo‘limiga bordim va bu bilan ishlay olmasligimni aytdim. 😤 HR xodimlarimiz vaziyatni tekshirishga qaror qilishdi. Bizga alohida topshiriqlar belgilandi: menga 2023-yil uchun korxonaning biznes rejasini tuzish topshirildi, Kamron akaga esa loyihalarning tannarxini hisoblash.
Biznes reja tuzish? 🤔 Uzinfocomga ishga kirishda suhbat davomida mendan so‘rashgan edi:
– “Biznes reja tuza olasanmi?”
– “Nima ekanligini aniq bilmasam ham, qolimdan kelgancha harakat qilaman. Mendanda katta ustozlarim bor, agar bilmasam, ulardan so‘rayman,” – deb javob bergandim.
Endi shu biznes rejani tuzib chiqish kerak. Ishga kirishdim. O‘zimdan oldingi rejalarga ko‘z yugurtirdim va bu aslida oddiyroq bo‘lgan PnL hisobotiga o‘xshash ekanini tushunib yetdim. Bir oy davomida hisobotlarni tahlil qildim, ma’lumotlarni solishtirdim, xarajatlarni hisobladim va biznes rejamni tayyorladim. 💼
📊 Uzinfocomning ichki moliyaviy dunyosini o‘rganib chiqdim. IT kompaniyaning qanday ishlashini, daromadlar qayerdan kelishini, xarajatlarning asosiy qismini tushunib oldim. Bu jarayonda men har bir masul xodim, loyiha menejeri va texnik guruh bilan bevosita ishladim. Tajriba yig‘dim.
Noyabr oyida biznes rejani yakunlab, rahbariyatga taqdim qildim. Keyin bu rejamni raqamlashtirish vazirligida himoya qilish uchun bordim. Himoya paytida mendan “Gudvil nima?” deb so‘rashdi. ❓
O‘sha paytda men Gudvil nima ekanini bilmas edim, lekin hozir yaxshi bilaman:
👉 Gudvil – bu nomoddiy aktiv bo‘lib, kompaniya sotib olinayotganida sof aktivlarning bozor qiymatidan yuqori narxda to‘lanadigan qiymat.
Ha, aytgancha, bizni rahbariyat tekshiryapgan ediku. Xullas, men qilgan ishlarni Kamron aka rahbar yordamchisidan olganini bildim. Meni bu holat qattiq ranjitdi. Ulardan nega mendan so‘ramasdan olganliklarini so‘raganimda, ular:
“Shu fayl kerak edi, menga farqi yo‘q,” – deb javob berdilar. Men esa qat’iy:
“Rozi emasman,” – deb aytgandim.
Keyingi postda loyiha tannarxi haqida gaplashamiz. 😎
Hikoyadan saboq:
Hayotda qaysi sohada bo‘lmaylik, o‘zimizni rivojlantirish va yangi narsalarni o‘rganishga tayyor bo‘lishimiz kerak.🌟
📌 Keyingi qism tez orada!