Dasturchi boโ€˜lish, bu oliy maqsadmi?

Loyiha ustida ishlashni boshladim. Har qanday tilda dastur yozilsa ham, ishni osonlashtirish uchun dasturchilar o‘sha tilda yozilgan qaysidir frameworkdan foydalanishadi. O‘sha payt men biriktirilgan bo‘limda dasturchilar backendda Django frameworkidan foydalanishar edi. Men shu loyiha ishlab chiqish jarayonida Django frameworkini o‘rgana boshladim.

Ko‘p holatlarda, deyarli 99% holatlarda, agar biror loyihaga dasturchi ishga olinayotgan bo‘lsa, albatta, shu loyiha qaysi tilda va qaysi frameworkda yozilgan bo‘lsa, shu yo‘nalishda kamida 1-2 yil tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis ishga olinadi. Menda esa boshqa holat edi. Men loyiha yaratish jarayonida Django frameworkini o‘rganyapman.

O‘sha paytlar shunday mas’uliyat yelkamga tushdiki, normal hayotdan ancha uzilib qoldim. Men hatto ishdan keyin soat 9-10 largacha qolib ishlardim, deyarli har shanba va yakshanba kunlari ham ishga chiqardim.

Loyiha ishlab chiqish jarayonida dasturchilar bilan yaqindan tanishdim. Ularning loyihalarga qanday yondashishi va qanday qiyinchiliklarga duch kelishlari haqida bilib oldim. Tanishlarim ro‘yxatini ancha kengaytirdim.

Qo‘shimchasiga, Python bo‘yicha ustozim ko‘p holatlarda loyihalari ko‘pligi sababli band bo‘lganligi uchun, asosan uning birinchi yordamchisi bo‘lgan Ubaydullo bilan yaqindan tanishib, birga ancha ishladik.

Ularning maslahati va loyihalarga yondashishi menga ma’qul kelgandi. Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Lekin har safar:
"Siz moliya sohasiga qaytishingiz kerak. Bu yer sizning o‘rningiz emas," — der edilar.

O‘shanda uncha tushunmasdim, nega bunday gapirayotganini.

Hozir deyarli 2 yildan so‘ng, Ubaydullo aytgan gaplar qanchalik to‘g‘ri ekanligini tushunib yetyapman. To‘g‘ri, dasturchilikni ham qila olaman. Lekin jamiyatga ko‘proq moliya sohasida manfaatim tegishini o‘ylab, yana moliya sohasiga qaytmoqchiman.

Faqat bu safar ancha kuchli, texnik tomondan, ancha ulg‘aygan, loyihalar qilib ko‘rgan, boshqarib ko‘rgan Otabek bo‘lib qaytaman. Bu haqda keyingi postlarda yozaman.

Xullas, dekabr oxirigacha ikkalamiz deyarli loyiha reja qilishni avtomatlashtirdik. Lekin qiladigan ishlar hali ko‘pligini va men o‘rganishim kerak bo‘lgan ishlar bisyorligini o‘ylaganim sayin, xavotir oshib boraverar edi.

Dekabr oxirida men umrim davomida, manimcha, eng og‘ir kasallikka uchradim. COVID-19 paytida ham hatto kasal bo‘lmagan edim. Deyarli 10 kun uyda yotib qoldim.

Onam har kuni 2 mahal ukol qilardilar, dori ichardim, yo‘talim sira ketmas edi. Agar onam o‘z vaqtida davolamaganlarida edi, bundan-da og‘ir ahvolga tushib qolishim mumkin edi.

Allohning irodasi ekan, men tuzaldim va o‘zligimni angladim. O‘shanda Allohim bizni qanchalik ojiz banda ekanligimizni ko‘rsatdi.

Men o‘shanda o‘zimdan so‘radim:
"๐˜”๐˜ข๐˜ฒ๐˜ด๐˜ข๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฎ ๐˜ด๐˜ฉ๐˜ถ ๐˜ฆ๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฎ๐˜ช, ๐˜บ๐˜ข’๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ฅ๐˜ข๐˜ด๐˜ต๐˜ถ๐˜ณ๐˜ค๐˜ฉ๐˜ช ๐˜ฃ๐˜ฐ‘๐˜ญ๐˜ช๐˜ด๐˜ฉ ๐˜น๐˜ฐ๐˜ญ๐˜ฐ๐˜ด ๐˜ฆ๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฎ๐˜ช? ๐˜ˆ๐˜จ๐˜ข๐˜ณ ๐˜ฃ๐˜ถ ๐˜ฅ๐˜ถ๐˜ฏ๐˜บ๐˜ฐ๐˜ฅ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ฐ‘๐˜ต๐˜ด๐˜ข๐˜ฌ, ๐˜ฐ๐˜ป๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฅ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ฏ๐˜ช๐˜ฎ๐˜ข ๐˜บ๐˜ข๐˜น๐˜ด๐˜ฉ๐˜ช ๐˜ช๐˜ด๐˜ฉ ๐˜ฒ๐˜ฐ๐˜ญ๐˜ฅ๐˜ช๐˜ณ๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฎ, ๐˜ฐ'๐˜ป๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฏ๐˜ช๐˜ฏ๐˜จ ๐˜ด๐˜ข๐˜ญ๐˜ฐ๐˜ฉ๐˜ช๐˜บ๐˜ข๐˜ต๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ซ๐˜ข๐˜ฎ๐˜ช๐˜บ๐˜ข๐˜ต๐˜ฏ๐˜ช๐˜ฏ๐˜จ, ๐˜ถ๐˜ฎ๐˜ฎ๐˜ข๐˜ต๐˜ฏ๐˜ช๐˜ฏ๐˜จ ๐˜ฒ๐˜ข๐˜บ๐˜ด๐˜ช ๐˜ฎ๐˜ถ๐˜ข๐˜ฎ๐˜ฎ๐˜ฐ๐˜ด๐˜ช๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ฉ๐˜ข๐˜ญ ๐˜ฒ๐˜ช๐˜ญ๐˜ช๐˜ด๐˜ฉ ๐˜ถ๐˜ค๐˜ฉ๐˜ถ๐˜ฏ ๐˜ด๐˜ข๐˜ณ๐˜ง ๐˜ฒ๐˜ช๐˜ญ๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฎ? ๐˜•๐˜ฆ๐˜จ๐˜ข ๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฌ๐˜ฐ๐˜ฏ๐˜ช๐˜บ๐˜ข๐˜ต๐˜ช๐˜ฎ, ๐˜ฒ๐˜ฐ๐˜ฃ๐˜ช๐˜ญ๐˜บ๐˜ข๐˜ต๐˜ช๐˜ฎ ๐˜ฃ๐˜ฐ'๐˜ญ๐˜ข ๐˜ต๐˜ถ๐˜ณ๐˜ช๐˜ฃ ๐˜ฏ๐˜ฆ๐˜จ๐˜ข ๐˜ง๐˜ข๐˜ฒ๐˜ข๐˜ต ๐˜ฐ'๐˜ป๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ฐ'๐˜บ๐˜ญ๐˜ข๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฎ ?"

O‘sha o‘y-xayollar o‘shanda kela boshladi. Allohim maqsadimni yana bir bor o‘ylab ko‘rishimni va oliy maqsadni unutmasligimni balki bildirdi.

Shundan so‘ng dunyoga boshqacha nazar bilan qaraydigan bo‘ldim. Biz mol-dunyo, orzu-havas deb ko‘p hollarda o‘zimizni aldab yuramiz. Natijada oliy maqsadni unutib qo‘yamiz.

Qalbimizning o‘ng va chap tomoniga xohlagan maqsadimiz tursin.
Biroq eng oldiga faqat va faqat Allohning roziligi, unga bog‘lanish va uning muhabbatini qo‘yishimiz kerak.