π― Baβzan Magβlubiyat Yutuqqa Aylanadi
Ko‘pchilik universitetni tashlab ketish – hayotdagi eng katta mag‘lubiyat deb o‘ylaydi. Bizga har doim "faqat yaxshi o‘qisang, muvaffaqiyatga erishasan" deb o‘rgatishgan.
π Lekin hayot har doim rejalashtirilganidek kechmaydi.
Ba’zan orqaga chekinish – aslida oldinga siljish uchun berilgan imkoniyat bo‘lishi mumkin.
π Haqiqiy Hayot Darslari
πΉ 2019-yilda Higher School of Economics (ΠΠΠ£ ΠΠ¨Π)da
Master's Programme in Strategic Corporate Finance yo‘nalishiga 50% grant asosida o‘qishga qabul qilindim.
π HSE Rossiyadagi eng kuchli talabalarni jamlagan universitetlardan biri edi. Qo'shimchasiga mening fakultetim universitetda eng nufuzli yo‘nalishlardan biri edi.
β Ammo haqiqat shuni ko‘rsatdiki:
βοΈ Kontraktning qolgan qismini to‘lash moliyaviy imkoniyatlardan tashqarida edi.
βοΈ Grant yutish ham har doim moliyaviy barqarorlikni kafolatlamaydi.
O‘qishni davom ettirish imkonsiz bo‘lib, boshqa yo‘lni tanlashga to‘g‘ri keldi.
π "Mag‘lubiyat" Meni Qayerga Boshladi?
πΊπΏ O‘zbekistonga qaytdim va ish izlashga qaror qildim:
β
Artel'da ishlay boshladim
π Televizor zavodida yordamchi moliyachi
β
Karyera o‘sishi davom etdi
π Mikroto‘lqinli pech zavodida moliya ishlari bo‘yicha direktor yordamchisi
β
COVID-19 pandemiyasi paytida
π Konteyner qurilishida moliya menejeri
β
Artel zavodlari bo‘yicha investitsiya ma'sul shaxs darajasigacha ko'tarildim.
πΉ Bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlagan ota-onamga, do‘stlarimga va ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman.
πΉ Ayniqsa, Mashrab aka, Jasur aka va Ulug‘bek kursdoshimning yordami katta bo‘ldi.
β Oilali bo‘ldim, mas’uliyat oshdi
β UWED’da magistraturani tamomladim
π₯ 2 Yilda Nima O‘zgardi?
Men o‘qishni tashlaganimdan keyin 2 yil o‘tib, magistr diplomiga ega bo‘ldim.
π Shu vaqtda HSE’dagi kursdoshlarim ham magistr diplomiga ega bo‘lishdi.
Farq esa shunda ediki:
πΉ Ular yangi ish izlashni boshlaganida, menda allaqachon 2 yillik tajriba bor edi.
π Xulosa
Ko‘pchilik "mag‘lubiyat" deb bilgan narsa, aslida yangi eshiklarni ochishi mumkin.
πΉ Ba’zan rejalangan yo‘ldan chiqish muvaffaqiyatsizlik emas, balki o‘sish va rivojlanish uchun yangi imkoniyatdir.
πΉ Hayot siz oldindan belgilagan ssenariy bo‘yicha kechmaydi.
πΉ Kutilmagan burilishlar insonni yanada to‘g‘ri yo‘nalishga olib kelishi mumkin.
β‘οΈ Agar biror vaziyatda mag‘lubiyatga uchragandek his qilsangiz, bu balki shunchaki boshqa imkoniyatlarga ochilgan eshikdir.
Muhimi – har qanday tajribadan saboq chiqarish va oldinga intilish! π