𝟐𝟎𝟐𝟓-𝐲𝐢𝐥 𝐦𝐞𝐧𝐝𝐚 𝐪𝐚𝐧𝐝𝐚𝐲 𝐨‘𝐭𝐝𝐢?

Bu yil hayotimda katta o‘zgarishlar, sinovlar va shukronalarga boy bo‘ldi. Eng qizig‘i shuki — ko‘p natijalar yil boshida rejalashtirilmagan bo‘lsa ham, hayotning o‘zi taqdim etdi.

Alloh bu yil bergan ne’matlar va tajribalar:

1️⃣ 𝐔𝐦𝐫𝐚 𝐳𝐢𝐲𝐨𝐫𝐚𝐭𝐢 — 𝐨𝐭𝐚-𝐨𝐧𝐚𝐦 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 🕋 Bu yil ota-onam bilan Umra safarini ado etdik. Safar davomida ajoyib lahzalar va sinovli vaziyatlarga duch keldik: Laylatul Qadr kechasida yog‘gan yomg‘irdan tortib, safardan qaytishimizga 2 soat qolganda 7 kishining pasporti yo‘qolib qolishigacha.

Men esa deyarli safar davomida ingliz tilini bilganim sababli tarjimonlik bilan shug‘ullandim. Shu tajriba shuni ko‘rsatdiki: do‘stlar, ingliz tilini biling! 🌍

2️⃣ 𝐘𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐮𝐲𝐠𝐚 𝐤𝐨‘𝐜𝐡𝐢𝐛 𝐨‘𝐭𝐝𝐢𝐤 🏡 Qurilish ishlarining bir qismi yakunlangach, yangi uyimizga ko‘chib chiqdik. Hovlida dehqonchilik qilishni boshladik — tovuqlar va it olib keldik, uyga jon kirgandek bo‘ldi. Yangi muhit — yangi mas’uliyat va haqiqiy boshlanish bo‘ldi.

3️⃣ 𝐌𝐚𝐬𝐡𝐢𝐧𝐚 va qulaylik 🚗 Endi ishga avtomobilda borib keladigan bo‘ldim va ro‘zg‘or ishlarim ham ancha osonlashdi. Bitta oilaga bitta mashina juda kerak ekan.

4️⃣ 𝐋𝐨𝐲𝐢𝐡𝐚 𝐭𝐚𝐪𝐝𝐢𝐦𝐨𝐭𝐢 — Mudofaa vazirligi 💼 Yillar davomida jamoamiz tomonidan ishlab chiqilishda davom etayotgan loyiha taqdimotida rahbariyat ishtirokida qatnashdik. Bu jamoaning yutug‘i bo‘lib, loyiha doirasidagi faoliyatim uchun Mudofaa vazirligidan tashakkurnoma oldim. 

5️⃣ 𝐓𝐫𝐚𝐝𝐢𝐧𝐠: Moliya va IT birlashuvi 📈 Hamkasbim (dasturchi) tavakkal qilib kursga pul to‘laganida, men ham moliya va IT bilimlarimni birlashtirishga qaror qildim.

Kurs: 2 oy, 900$, NurInvest (Islomiy moliya).

Kurs davomida Umar ustozim bilan bir nechta ishlarni amalga oshirdik va hozirda ham birga ishlayapmiz.

Nimalarni yo‘lga qo‘ydik? ✅ O‘quvchilarni baholash mezonlarini Google Sheets’da ishlab chiqdik. ✅ Savdo signallarini Telegram botga avtomatik yuboradigan mexanizmni yo‘lga qo‘ydik. 🤖

6️⃣ 𝐁𝐢𝐳𝐧𝐞𝐬 💸 𝟏 𝐦𝐥𝐧 𝐝𝐨𝐥𝐥𝐚𝐫 𝐝𝐚𝐫𝐨𝐦𝐚𝐝𝐠𝐚 𝐜𝐡𝐢𝐪𝐝𝐢𝐦... lekin hozircha faqat o‘zimning xayolimda! 😎 Bu yil boshlamadim, Alloh nasib qilsa boshlaymiz. Hamma narsa o‘z vaqtida keladi va o‘sha lahza yetganda biz ham to‘liq tayyor bo‘lamiz.

Esimda qolgan asosiy o‘zgarishlar mana shular. Har birining ortida mehnat, sabr va duolar turibdi.

🤲 Barchasi uchun Alhamdulillah. ✨ 2026-yil hammamiz uchun yanada barakali va samarali bo‘lsin!